Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qor bo‘roni. «Qamchiq» dovonida nimalar bo‘ldi?

Qor bo‘roni. «Qamchiq» dovonida nimalar bo‘ldi?

Qamchiq dovonida qor bo‘ronidа qolib ketgan avtomobillar

Foto: «Facebook» / «Voditeli Tashkenta»

Kecha tuman va shaharlarda kuchli shamol turgan bo‘lsa, «Qamchiq» dovonida bo‘ron kuzatildi, lekin hozirda avtomobil vositalarining harakati uzluksiz davom etmoqda.

Bugun, 27-dekabr kuni «Qamchiq» dovonida kuchli shamol esishi, qor yog‘ishi va yo‘llarning muzlashi natijasida avtoransport vositalarining harakati cheklangan bo‘lib, yo‘lning harakat qismini qordan tozalash maqsadida transport vositalari oz-ozdan o‘tkazildi.

Dovondagi tegishli xizmatlar tomonidan olib borilgan tadbirlar natijasida avtomobil yo‘li qordan tozalanib, soat 17.20 da avtotransport vositalarining harakati tiklanib, ikki tomonlama amalga oshirilmoqda.

FVV matbuot xizmatining xabar berishicha, harakatning vaqtinchalik cheklovi davomida, haydovchi va yo‘lovchilar uchun kutish va isinish maskanlari tashkil etilib, jumladan, 70 nafardan ortiq kishilar doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi postlarga joylashtirildi, 1800 nafarga yaqin kishi 45 ta umumiy ovqatlanish maskanlariga joylashtirilib, issiq choy va ovqat bilan ta’minlandi, ulardan 29 nafar bola onalari bilan «Ona va bola» xonalariga joylashtirildi.

25 nafardan ortiq haydovchi va yo‘lovchilarga tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatildi, 44 ta avtotransport vositalari qor uyumidan chiqarib olindi, ulardan 6 ta avtotransport vositalari evakuator yordamida texnik ta’mirlash maskanlariga yetkazildi. Harakatdagi statsionar yoqilg‘i quyish shoxobchasi tashkil etildi.

«Uzgidromet» markazi oldindan ob-havonining keskin o‘zgarishi, qor yog‘ishi, bo‘ron bo‘lishi va yo‘lning muzlashi to‘g‘risida ma’lumot berilgan bo‘lib, ular ijtimoiy tarmoqlar va dovonda o‘rnatilgan tablolar orqali yetkazildi hamda «Qamchiq» dovonida harakatlanayotgan avtotransport vositalarning to‘xtash joylarida tushintirish ishlari olib borildi.

Qamchiq dovoni
Foto: «Sputnik»
Qamchiq dovoni
Foto: «Sputnik»
Qamchiq dovoni
Foto: «Sputnik»

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring