Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi davlat muassasasi faoliyatida xalqaro standartlarga muvofiqligini yana bir bor tasdiqladi
Davlat boshqaruvida raqamlashtirish jarayoni chuqurlashayotgan bir paytda loyihalarni samarali boshqarish bilan bir qatorda, ularning sifat, shaffoflik va halollik tamoyillari asosida tashkil etilishi ham tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi davlat muassasasi ana shu talablarga muvofiq faoliyat yuritayotganini xalqaro audit natijalari bilan yana bir bor tasdiqladi.
Markaz ISO 9001 — sifat menejmenti va ISO 37001 — korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi xalqaro standartlari bo‘yicha qayta sertifikatlash jarayonidan muvaffaqiyatli o‘tib, xalqaro hamda milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritdi.
Eng e’tiborli jihati, o‘tkazilgan audit natijalaridan so‘ng Markaz faoliyatida kritik va nokritik nomuvofiqliklar aniqlanmadi. Bu esa xalqaro standartlar talablari muassasa faoliyatiga formal emas, balki tizimli ravishda joriy etilganini ko‘rsatuvchi muhim ko‘rsatkichdir.
Markazda ushbu natijaga erishishda rahbariyatning qo‘llab-quvvatlashi, Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat (komplayens) bo‘limining tizimli faoliyati hamda barcha xodimlarning jarayondagi faol ishtiroki muhim omil bo‘lgan.
Bu esa Markaz jamoasining professionalizmi, mas’uliyati va hamjihatlikdagi mehnatining samarasi bo‘lsa, qo‘lga kiritilgan sertifikatlar oldinda turgan yanada yuqori maqsadlar uchun yangi bosqichni belgilab beradi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter