Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jahon rekordchisi Ravshan Ermatov hakamlik faoliyatini yakunladi

Jahon rekordchisi Ravshan Ermatov hakamlik faoliyatini yakunladi

Foto: Alisher Nikimbayev kanali

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov hakamlik faoliyatini rasman yakunladi. Bu haqda OFK qarorgohida tashkil etilgan maxsus marosimda ma’lum qilindi.

Mazkur marosimda u OFK tomonidan Osiyo futboliga qo‘shgan hissasi uchun maxsus sovrin bilan taqdirlangan.

«17 mavsum davomida OFKda faoliyat yuritish men uchun ulkan sharaf bo‘ldi. Osiyo Chempionlar Ligasining beshta finali, to‘rtta Osiyo Kubogi va uchta Jahon Chempionatida ishlash menga yorqin xotiralarni berdi.

Men Osiyo futbol oilasining a’zosi ekanimdan faxrlanaman. Endi estafetani yosh kasbdoshlarimga topshirish vaqti keldi. Ishonchim komil, ular o‘z oldiga eng oliy maqsadlarni qo‘ygan holda, yuqori cho‘qqilar uchun intiladi», — deydi Ermatov.

Ravshan Ermatov 16 yillik faoliyati mobaynida uchta Jahon Chempionati final bosqichida qatnashdi va unda rekord darajada (11 o‘yin) ko‘p uchrashuvda ishladi. Shuningdek, u besh marta Osiyoning eng yaxshi hakami hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring