Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ravshan Ermatov uchun JCh-2018 yakunlandi

Ravshan Ermatov uchun JCh-2018 yakunlandi

FIFA JCh-2018ning qolgan o‘yinlarini boshqaradigan hakamlar ro‘yxatini e’lon qildi.

17 kishilik ro‘yxatda rossiyalik Sergey Karasev va o‘zbekistonlik Ravshan Ermatovga joy topilmagan.

Musobaqada Alirizo Fag‘ani (Eron), Navaf Abdulla Shukralla (Bahrayn), Malang Dediu (Senegal), Jenni Sikazve (Zambiya), Mark Geyger (AQSh), Jeyr Marrufo (AQSh), Sesar Arturo Ramos (Meksika), Andres Kunya (Urugvay), Nestor Pitana (Argentina), Sandro Richchi (Braziliya), Mettyu Kondjer (Yangi Zelandiya), Jyuneyt Chaqir (Turkiya), Born Kuypers (Niderlandiya), Antonio Migel Mateu Laos (Ispaniya), Milorad Majich (Serbiya), Janluka Rokki (Italiya) va Damir Skomina (Sloveniya) joy olgan.

Jahon chempionatlari rekordchisi Ravshan Ermatov musobaqada ikki bor bosh hakam sifatida ishladi. U Argentina – Horvatiya (0:3) va Ispaniya – Marokash (2:2) o‘yinlarini boshqardi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring