Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada Navro‘zni qanday kutib olishmoqchi?

Rossiyada Navro‘zni qanday kutib olishmoqchi?

Foto: «Sputnik»

Moskvada Navro‘z bayramini nishonlash an’anaga aylangan. 25-mart kuni ham Xalq xo‘jaligi yutuqlari ko‘rgazmasida «Do‘ppi» ko‘rgazmasining stendi ham tashkil etiladi. Shuningdek, ko‘rgazmada urf-odatlar, milliy taomlar namoyish etiladi. Mehmonlar bu yerda turli viktorinalarda ishtirok etib, Navro‘zning eng asosiy taomi sumalakni tatib ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.

Qolaversa, Navro‘z 15-18-mart kunlari Eski Arbatda bo‘lib o‘tadi. Yarmarkada Rossiya va boshqa mamlakatlardan kelgan xalq amaliy san’ati ustalari ishtirok etadi. Tadbir davomida san’at ustalari, havaskor ijodiy guruhlarning konsertlari, shoir va yozuvchilar, kinemotograflar bilan uchrashuvlar, mahorat darslari, milliy liboslar namoyishi ham bo‘lib o‘tadi.

Navro‘z — umumxalq bayrami. Shu bois, O‘zbekistonda ham mazkur bayram doimgidek yuqori kayfiyatda, katta tantana bilan o‘tkaziladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring