Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

TIV: Rossiyada zaharlangan hamyurtlarimiz soni 68 nafarga yetdi

TIV: Rossiyada zaharlangan hamyurtlarimiz soni 68 nafarga yetdi

Foto: «Google.com»

Joriy yilning 16-17 iyul kunlari Rossiyaning Samara viloyatida 46 nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri zaharlanish oqibatida shifoxonaga yotqizilgani haqida xabar bergan edik. Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati tomonidan ma’lum qilinishicha, zaharlangan hamyurtlarimiz soni 68 nafarga yetgan.

O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra Samara viloyatida joylashgan «Koshelevskiy posad» korxonasida ishlaydigan 68 nafar O‘zbekiston fuqarosi «noma’lum moddadan zaharlanish» tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Korxona rahbariyati bergan ma’lumotga ko‘ra ularning barchasi qonuniy ravishda ishlaydi va mehnat shartnomasiga ega. Ish beruvchi Bosh konsulxonaga O‘zbekiston fuqarolarini davolash bilan bog‘liq barcha moliyaviy xarajatlar korxona hisobidan qoplanishini ma’lum qildi.

Mazkur korxona va hamyurtlarimiz davolanayotgan tibbiyot muassasalari rahbariyati bilan aloqa o‘rnatilgan hamda vaziyat nazoratga olingan.

Konsullik-huquqiy departamenti eslatadiki, Rossiyaning Volga bo‘yi federal okrugi (Boshqirdiston Respublikasi, Mariy El Respublikasi, Mordoviya Respublikasi, Nijegorod viloyati, Orenburg viloyati, Penza viloyati, Perm o‘lkasi, Samara viloyati, Saratov viloyati, Tatariston Respublikasi, Udmurtiya Respublikasi, Ulyanov viloyati, Chuvashiya Respublikasi) hududidagi hamyurtlarimiz zarur vaziyatlarda mamlakatimizning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-967-772-66-00.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring