Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiyadagi saylovda provokatsion qoidabuzarliklar aniqlandi

Rossiyadagi saylovda provokatsion qoidabuzarliklar aniqlandi

Foto: RIA Novosti / Denis Abramov

«Rossiya prezidentligiga nomzod Vladimir Putinning saylov shtabi kuzatuvchilari saylovda ko‘plab soxta huquqbuzarliklarni, shu jumladan, Moskvada saylov byulletenlarini qutiga tashlash jarayonida qayd etilgan qonunbuzilishlarni aniqlashdi. Ular shu tariqa saylovni obro‘sizlantirish uchun uyushgan holda ish olib borilmoqda deb hisoblashadi», — deya xabar beradi shtab matbuot xizmati. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

«Oshkora provokatsion, ya’ni soxta qonunbuzarliklar mavjud va bunday soxta shikoyatlar ko‘plab kelib tushmoqda. Biz saylovni obro‘sizlantirish, fuqarolarning saylov huquqini amalga oshirishiga to‘sqinlik qilishga qaratilgan ishlar uyushtirilayotganiga aminmiz», — degan shtab matbuot kotibi Andrey Kondrashov.

Matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, shunday qonunbuzilishlardan biri haqida tarqatilgan xabarda Moskvadagi 173-saylov uchastkasida bir saylovchining bir necha marta ovoz berganligi qayd etilgan. Aslida bu xabar uydirma bo‘lib, videodagi tasvirlar va 173-saylov uchastkasining ichki ko‘rinishi, bezaklari, ovoz berish qutilarining turi va joyi bir-biriga mos kelmaydi.

«Umuman, bu videoning 2018-yil 18-martdagi saylovga hech qanday aloqasi yo‘q», — degan Andrey Kondrashov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring