Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rulda telefondan foydalangan haydovchilarga jarima oshirildi

Rulda telefondan foydalangan haydovchilarga jarima oshirildi

Foto: «Huquqiy axborot»

2018-yil 22-oktyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirish kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Unga muvofiq, endilikda transport vositasini boshqarish vaqtida haydovchilarning telefondan foydalanishi eng kam ish haqining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi (ilgari ikki baravar).

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa, eng kam ish haqining to‘rt baravari (ilgari uch baravar) miqdorida jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan olti oygacha muddatga mahrum etishga sabab bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring