Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqandda viloyat hokimining o‘rinbosari almashdi

Samarqandda viloyat hokimining o‘rinbosari almashdi

2015 yilda Rustam Qobilov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan.

Foto: «parliament.gov.uz»

Rustam Qobilov 16-apreldan e’tiboran Samarqand viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari sifatida faoliyatini boshladi.

Rustam Qobilov 1984-yilning 8-may kuni Tayloq tumanida tug‘ilgan. SamDUni (bakalavriat, magistratura) tamomlagan, sotsiolog, iqtisodchi.

2015-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan.

2005-2009-yillarda «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining Samarqand davlat universitetidagi boshlang‘ich tashkiloti rahbari;

2008-2009-yillarda Fuqarolik jamiyatini o‘rganish instituti Samarqand viloyati mintaqaviy axborot-tahlil markazi ilmiy xodimi;

2009-2011-yillarda «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi «Yetakchi yoshlar» markazi rahbari;

2011-2015-yillarda «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Samarqand shahar kengashi raisi;

2015-2017-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi a’zosi;

2017-2018-yillarda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi raisi sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

Shu vaqtgacha bu lavozimda ishlab kelgan Azamat Umarov o‘z arizasiga ko‘ra ushbu lavozimdan ozod etildi.

Karimberdi To‘ramurod, «Xabar.uz»ning maxsus muxbiri.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring