Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saratonni homiladorlik bilan adashtirgan ayol hayotdan ko‘z yumdi

Saratonni homiladorlik bilan adashtirgan ayol hayotdan ko‘z yumdi

Foto: «Lenta.ru»

Buyuk Britaniyada tahsil olayotgan va ishlayotgan latviyalik ayol qornida o‘sayotgan saratonni homiladorlik bilan adashtirib qo‘ygani uchun hayotdan ko‘z yumgan. Bu haqda «WalesOnline» xabar berdi.

Baiba Kraupsa homilador bo‘lib qoldim deb o‘ylaganida 24 yoshga to‘lgandi. U quvonchli yangilikni onasi Ivetaga yetkazganida, ayol shu zahoti tayyorgarlik ishlarini boshlab yubordi.

Biroq dastlabki UTT Kraupsada saratonning xavfli shakli rivojlanayotganini ko‘rsatdi. Afsuski, shifokorlar bemor hayotini saqlab qola olishmadi, u hayotni tark etdi. Uning onasi, yaqinlari va tanishlari hanuz o‘zlariga kela olishgani yo‘q. Iveta qizini mustaqil inson edi deya ta’riflagan, u hamma bilan xushmuomala bo‘lgan.

«U hamisha o‘z manfaatini keyinga o‘ringa qo‘ygan, doim odamlar haqida qayg‘urardi», — deya ta’kidlaydi Kraupsa ishlagan «Jack Murphys» bari xo‘jayini Kris Yang.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring