Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Scorpion» filmining suratga olish ishlari Marokashda davom etmoqda

«Scorpion» filmining suratga olish ishlari Marokashda davom etmoqda

Foto: «Xabar.uz»

Shu yilning oktyabr oyida ekran yuzini ko‘rishi rejalashtirilgan «Scorpion» badiiy filmining suratga olish ishlari ayni damda Marokash hududida bo‘lib o‘tmoqda.

Kino dunyosining mahoratli ijodkorlarini bir yerda jamlagan mazkur film rejissyori Muxlisa Azizova o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida shunday qayd qoldirgan: «O‘zbekiston yoshlar ittifoqiga bildirilgan ishonch hamda Marokash, ya’ni kinematografiya rivojlantirilgan davlatlardan birida suratga olish ishlarini olib borishga berilgan imkoniyat uchun katta rahmat».

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish kerakki, Marokash dunyoning eng mashhur kartinalari suratga olingan mamlakat hisoblanadi. Jumladan, shu kungacha bu yerda «Jeyms Bond» («James Bond»), «Jeyson Born» («Jason Bourne»), «Bajarib bo‘lmas missiya» (Mission: Impossible), «Asira» («Taken»), «Sahro shahzodasi» («Prince of Persia: The Sands of Time) va boshqa yana ko‘plab mashhur filmlar suratga olingan.

«Scorpion» badiiy filmining Marokashdagi blogi uchun 10 nafardan ortiq marokashlik mashhur aktyorlar, jami 40 kishilik ijodiy guruh suratga olish maydonida ishlayapti. Ommaviy sahnalarga esa 200 kishi jalb etilgan. Filmda birorta ham tasodifiy kadr yo‘q, ommaviy sahnalar ham maxsus amalga oshirilmoqda.

Marokash politsiyasi suratga olish maydonidagi xavfsizlikni to‘liq ta’minlash uchun jalb etilgan. Aeroport, temir yo‘l vokzali, Marrakesh shahrining «eski shahar» qismida yirik masshtabdagi suratga olish ishlari davom etyapti.

Qayd etish lozimki, suratga olish ishlari O‘zbekiston kinokomissiyasining bevosita ko‘magi hamda Marokashning mashhur kinokompaniyasi «Magic production» hamkorligida bo‘lib o‘tmoqda.

«Scorpion» filmining suratga olish ishlari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida davom etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring