Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev bir guruh tojikistonlik davlat va jamoat arboblarini mukofotladi

Shavkat Mirziyoyev bir guruh tojikistonlik davlat va jamoat arboblarini mukofotladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 29 avgust kuni «Tojikiston Respublikasining bir guruh Davlat va jamoat arboblari, madaniyat, fan va sog‘liqni saqlash sohalari vakillarini mukofotlash to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi.

Unga ko‘ra, qardosh O‘zbekiston va Tojikiston xalqlari o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shgan katta hissasi, madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish, mushtarak tarixiy meros, ma’naviy qadriyat va an’analarni asrab-avaylash va boyitish borasidagi faol va samarali faoliyati, mamlakatlarimiz orasida o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlik va ko‘p tomonlama strategik sherikchilikni rivojlantirishdagi xizmatlari uchun quyidagilar ordenlar va faxriy unvonlar bilan mukofotlandi:

«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan

Qohir Rasulzoda - Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri

Sirojiddin Muhriddin - Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

Nizom Qosim -Tojikiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi raisi

Tashpulat Gulmurodov - Tojikiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash sohasi xodimlari malakasini oshirish institutining kardiojarrohlik kafedrasi mudiri

«Do‘stlik» ordeni bilan

Ali Muhammadiyev - Tojikiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qo‘lyozmalar merosi fondining bo‘lim mudiri

Iftixor Shirindjonovich Djurayev - Tojikiston Respublikasi Geodeziya va yer boshqaruvi davlat qo‘mitasining chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish davlat geodeziya nazorati inspeksiyasi boshqarma boshlig‘i

Raxim Marupov - Tojikiston Respublikasi Fanlar akademiyasining S.Umarov nomidagi fizika va texnika instituti bosh xodimi

Hasan Berdiqulov - Tojikiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi a’zosi

«O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti» faxriy unvoni bilan

Adham Xoliqov - «S.Ayniy nomidagi opera va balet akademik teatri» davlat muassasasi badiiy rahbari

Davlat Xolov - Tojikiston Respublikasi hukumati huzuridagi Televideniye va radio qo‘mitasining «Falak» davlat ansambli badiiy rahbari

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring