Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahridagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahridagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi

Foto: «President.uz»

O‘tgan davr mobaynida Buxoro viloyatida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Yangi uy-joylar, yo‘lar, savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, madaniyat va sport majmualari qurilib, foydalanishga topshirildi.

Hozir ham Buxoro shahridan Kogon shahrigacha bo‘lgan yo‘lning ikki chetida arzon ko‘p qavatli uy-joylar barpo etilmoqda. Shavkat Mirziyoyev ushbu uy-joylar qurilish uchastkasida bo‘ldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Turar joylarni tez va sifatli qurish, bunda zamon talablari va aholi ehtiyojlarini hisobga olish, barcha ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaratish zarurligi ta’kidlandi.

O‘tgan yili may oyida boshlangan qurilish ishlari 27 ta pudrat tashkilotlari tomonidan olib borilmoqda. Ushbu 39 ta ko‘p qavatli turar joy bitgach, 1024 ta oila o‘z uyiga ega bo‘ladi. Shu paytgacha shaharda buncha ko‘p qavatli uy qurilmagan. Uylarni joriy yil mart oyida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Shu yerda Buxoro shahrida amalga oshiriladigan bunyodkorlik loyihalari haqida ma’lumot berildi.

Ulardan biri — Islom Karimov ko‘chasi qiyofasini o‘zgartirish loyihasidir. Unga muvofiq, ko‘chaning ikki tomonida zamonaviy binolar, yashil hududlar, dam olish maskanlari va boshqa ob’yektlar barpo etish rejalashtirilgan.

Shuningdek, Ibn Sino, Ayniy, Hamza, Iqbol va boshqa ko‘chalarda ko‘p qavatli uylar, savdo markazlari, maishiy xizmat ob’yektlari barpo etilmoqda. Bu aholini arzon va zamonaviy uylar bilan ta’minlash, turmush farovonligini oshirishga xizmat qiladi.

Prezident loyihalarni takomillashtirish, sifat va muddatga amal qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring