Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev raisligida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tadi

Shavkat Mirziyoyev raisligida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tadi

Foto: «President.uz»

Bugun, 17-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda «KUN.UZ» sayti xabar tarqatdi.

Yig‘ilish O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish va tavalludining 80 yilligini nishonlashga bag‘ishlangan tadbirlarga tayyorgarlik ishlari holati va amalga oshirilayotgan choralar bo‘yicha o‘tkaziladi.

Xabarda qayd etilishicha, videoselektor yig‘ilishida barcha viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimlari, ularning o‘rinbosarlari, Ichki ishlar, Moliya, Iqtisodiyot, Madaniyat, Xalq ta’limi, Maktabgacha ta’lim vazirliklari mas’ul shaxslari, Sog‘liqni saqlash vazirligi mutasaddilari, tibbiyot birlashmalari boshliqlari, tuman (shahar)lar bosh arxitektorlari, Yoshlar ittifoqining, «Ma’naviyat va ma’rifat» markazi, «Mahalla», «Nuroniy» jamg‘armalarining viloyat, tuman, shahar bo‘limi raislari, OAV rahbarlari hamda imom-xatiblar, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari, umumta’lim maktablari direktorlari, maktabgacha ta’lim muassasalari mudiralari qatnashadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring