Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev Ramazon hayitini nishonlash haqidagi qarorni imzoladi

Shavkat Mirziyoyev Ramazon hayitini nishonlash haqidagi qarorni imzoladi

Foto: «Xalq so‘zi»

Bugun Ramazon hayiti 15-iyun kuniga to‘g‘ri kelishi haqida xabar bergan edik. Ushbu xabar rasman tasdiqlandi va Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida Prezident qarori imzolandi.

Qarorga mufoviq, 2018-yil 15-17-iyun kunlari – Ramazon hayitining birinchi uch kuni bayram sifatida keng nishonlanadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi va boshqa jamoat tashkilotlari bilan birgalikda Ramazon hayitining joylarda tartibli va yuqori darajada, xalqimizning milliy va diniy an’analariga mos ravishda o‘tishi uchun tegishli tadbirlarni amalga oshirishi belgilandi.

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Ramazon hayitini nishonlash bilan bog‘liq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etildi.

Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov zimmasiga yuklatilgan.

Izohlar 2

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring