Shavkat Mirziyoyev Shahrisabzda ishsizlik masalasini ko‘tardi

Qashqadaryo viloyatida 2018-2019-yillarda turizm infratuzilmasi obyektlarini barpo etish rejasiga ko‘ra 167 ta loyiha amalga oshiriladi. Ularda tarixiy-madaniy obidalarni ta’mirlash, tarmoqni axborot texnologiyalari bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.
Shavkat Mirziyoyev sayyohlar uchun mehmonxonalar, dam olish va ko‘ngilochar hududlar tashkil etish, turistlarga milliy madaniyatimizni keng namoyish qilish zarurligini ta’kidladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Prezidentga Qashqadaryo viloyati bo‘yicha asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar va soliq to‘lovchilar soni, yirik korxonalar tomonidan budjetga to‘lanadigan to‘lovlar, joriy yilgi prognoz ko‘rsatkichlar haqidagi ma’lumotlar namoyish etildi.
Shavkat Mirziyoyev aholining dunyoqarashini o‘zgartirish, soliq bazasini kengaytirish evaziga budjetga tushumlarni ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Qashqadaryo viloyatida ichimlik suv ta’minotini yaxshilash, Toshguzar-Shahrisabz-Kitob temir yo‘lini modernizatsiya qilish va elektrlashtirish ishlari to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Prezident joriy yil 1-avgustgacha «Afrosiyob» poyezdi qatnovini Shahrisabzgacha yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.
Shahrisabz shahar va tumanida mehnat bozorini barqarorlashtirish, ishsizlarni kasbga o‘qitish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.
Shavkat Mirziyoyev barcha loyihalar yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter