Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev — Surxondaryoda

Shavkat Mirziyoyev — Surxondaryoda

Foto: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida bugun, 19-yanvar kuni Surxondaryo viloyatiga yetib keldi.

Surxondaryo viloyati ulkan iqtisodiy imkoniyatlari, geografik va transport salohiyati bilan mamlakatimiz hayotida muhim o‘rin tutadi. Zamonaviy korxonalar tashkil etilib, yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda. Qishloq xo‘jaligi, kichik biznes izchil rivojlanmoqda.

Davlat rahbari Surxondaryoga tashrifi davomida viloyatni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish bo‘yicha belgilangan rejalar ijrosi, shahar va tumanlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishishi rejalashtirilgan, deyiladi Prezident matbuot xizmati xabarida.

Saytimizni kuzatib boring.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring