Shavkat Mirziyoyev: «Tadbirkorlar faoliyatini tekshirish 2 yilga to‘xtatiladi»
Prezident oldindan tadbirkorlarni doimo qo‘llab kelgan.
Avval xabar berganimizdek, Toshkent shahridagi Simpoziumlar saroyida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev xalqqa murojaat qilmoqda. Prezident oldindan tadbirkorlarni doimo qo‘llab kelgan.
— Men hamisha tadbirkorlarning yonini olaman. Endi ularni qiynashni bas qilamiz. O‘zbekistonda tadbirkorlar faoliyatini tekshirish 2 yilga to‘xtatiladi. Shunday qilamiz, natijasini, qancha mablag‘ kirib kelishini keyin ko‘rasizlar, — dedi Prezident.
— Shuningdek, Savdo-sanoat palatasi endi tomoshabin bo‘lib o‘tirmasin. Ular tadbirkor uchun muhit sofligini ta’minlaydigan tizimi yaratsin, — deya qo‘shimcha qildi Shavkat Mirziyoyev.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter