Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon Afrosiyob muzeyida bo‘ldi

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon Afrosiyob muzeyida bo‘ldi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlari Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon Afrosiyob muzeyida bo‘ldi.

Foto: Prezidentning matbuot xizmati

Afrosiyob – Samarqand shahar tarixi muzeyi 1970 yilda tashkil etilgan. Muzey qadimiy Afrosiyob shaharchasida – Samarqandning qadimiy, mo‘g‘ullar istilosigacha bo‘lgan qismida joylashgani uchun ham shunday nomlangan.

Foto: Prezidentning matbuot xizmati

Bu yerda asosan Afrosiyob tepaliklarida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar davomida topilgan noyob tarixiy ashyolar saqlanadi. Ular Samarqandning qariyb uch ming yillik tarixidan hikoya qiladi, deb yozadi «O‘zA».

Foto: Prezidentning matbuot xizmati

Emomali Rahmonga Afrosiyob qal’asi va muzeydagi eksponatlar tarixi, Samarqandning qadimiy o‘tmishi haqida ma’lumot berildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring