Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev yangi yil arafasida Turkmanistonga sim qoqdi

Shavkat Mirziyoyev yangi yil arafasida Turkmanistonga sim qoqdi

Foto: «President.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov o‘rtasida bugun, 30-dekabr kuni telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Suhbat avvalida Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidentini kirib kelayotgan Yangi yil bilan samimiy tabriklab, qardosh turkman halqiga tinchlik, barqarorlik va farovonlik tiladi.

Turkmaniston rahbari ham ko‘pmillatli qardosh O‘zbekiston xalqini yaqinlashib kelayotgan bayram munosabati bilan chin dildan muborakbod etib, taraqqiyot va farovonlik tiladi.

Prezidentlar O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi ko‘p qirrali sheriklikni yanada rivojlantirish, avvalo, savdo-iqtisodiy sohada yangi loyiha va dasturlarni amalga oshirish muhimligini alohida qayd etdilar.

O‘zbekiston va Turkmaniston rahbarlari, shuningdek, xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari bo‘yicha fikr almashdilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring