Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shimoliy Koreyadagi yadro poligoni yopiladigan sana ma’lum bo‘ldi

Shimoliy Koreyadagi yadro poligoni yopiladigan sana ma’lum bo‘ldi

Foto: RIA Novosti

Shimoliy Koreya mehnat partiyasi markaziy qo‘mitasi mamlakatdagi Pxungeri yadro poligonini shu yil 23-25-may kunlari yopishga qaror qildi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar qilmoqda.

Poligon va uning atrofidagi barcha ob’yektlar yo‘q qilinadi.

Hududdan barcha ilmiy xodimlar va qo‘riqlash xizmati xodimlari ko‘chiriladi.

Sinov maydoni, barcha qurilish inshootlari – tadqiqot instituti binosi, qo‘riqlash postlari va boshqa ob’yektlar portlatib yuboriladi.

Tadbirda AQSh, Rossiya, Xitoy, Janubiy Koreya va Angliyadan jurnalistlar qatnashishi mumkin. Jurnalistlarga Pekindan maxsus reys bilan Vonsandagi maxsus matbuot markaziga kelish taklif etildi. Poligonga maxsus poyezd olib boradi. Sinov maydonini yo‘q qilish jarayonini jurnalistlar to‘liq tasvirga olishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring