Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shukrullo: «Maqtovlar tizimiga tushib qolmaslik kerak» (video)

Shukrullo: «Maqtovlar tizimiga tushib qolmaslik kerak» (video)

Foto: «Uza.uz»

O‘zA «Gurung» turkum suhbatlarini yo‘lga qo‘ygani va unda umrining 17 yilini qamoqda o‘tkazgan yozuvchi Mamadali Mahmudov (Evril Turon) bilan suhbat qilingani haqida xabar bergandik.

Bu galgi suhbatga salkam 100 yoshni qarshi olayotgan O‘zbekiston xalq shoiri Shukrullo taklif etildi.

«Men nimaga shoir bo‘lganman, nimani yozishim kerak bo‘lgan? Inson, avvalo, shuni bilishi kerak», deya so‘z boshlagan Shukrullo domla.

Shon-shuhrat lazzatin boshimdan ko‘tar,

Qalbimga xalqimning tashvishini sol.

Shoir, yozuvchi, olimni birinchi tashvishga solgan narsa xalqning taqdiri. Shoir hammasini shu bilan bog‘lashi kerak. Shu xalqning dardini kuylash birinchi qo‘limga qalam olib, she’r yozishimda qalbimga nido bo‘lgan. Sizga, avvalo, qayerdan paydo bo‘ldi ijod qilish fikri degan savol bo‘lishi mumkin. Ubaydulloxon Xo‘jayev advokat mening xolavachcham bo‘lgan. Men shu odamdan boshqacharoq bo‘lishim mumkinmidi? Shuni o‘ylaganman va she’rlarimni qay tariqa yozishimni belgilab oldim. Men ba’zi siyosiy jarayonlarni yoqlamadim. Bu o‘sha davr rahbarlarini o‘ylatib qo‘ydi. Bu hozirgi siyosatimizga zid yo‘lga kirib ketdi, deyishdi va qamab qo‘ya qolishdi.

Jurnalistning «Yozuvchining yutug‘i nimada?», degan savoliga:

— Avvalo xalqning dardi bilan yashashi kerak. Meni xalqdan boshqa tashvishim bo‘lgan emas. Yaxshi kunlarimiz ham o‘tdi. Xudoga shukr e’tibor ham topdik. Qamoqlarniyam ko‘rdik. Ammo haqiqat, xalqparvarlik hamisha g‘olib chiqadi. Osonlik bilan yozuvchi bo‘lmaydi odam. Maqtovlar tizimiga tushib qolmaslik kerak, — deydi yozuvchi.

Suhbatning to‘liq shakli quyidagi videoda:

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring