Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«SkyPower Global» O‘zbekistonda quyosh energetikasiga 1,3 mlrd dollar sarmoya kiritadi

«SkyPower Global» O‘zbekistonda quyosh energetikasiga 1,3 mlrd dollar sarmoya kiritadi

Foto:«Gazeta.uz»

Kanadaning «SkyPower Global» kompaniyasi O‘zbekistonda umumiy quvvati 1000 MVt bo‘lgan fotoelektr quyosh energiyasini ishlab chiqarish bo‘yicha ob’yektlar qurilishiga 1,3 mlrd dollar sarmoya kiritadi. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar berdi.

Prezidentning 28-apreldagi qaroridan 19-aprel kuni «O‘zbekenergo» va «SkyPower Global» kompaniyalari o‘rtasida elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi bitim imzolangani oydinlashdi.

Loyihalarning Toshkent, Samarqand, Navoiy, Jizzax, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida amalga oshirilishi kutilmoqda.

«SkyPower Global» kelgusida o‘zi egalik qilib, foydalanuvchi ob’yektlarni loyihalashtirish va qurish ishlarini moliyalashtiradi. Kelishuv muddatlari davomida kompaniya va uning hududlardagi sho‘’balariga korxonalariga soliq va bojxona imtiyozlari taqdim etiladi.

Qarorda «O‘zbekenergo» yetkazib berilgan elekr energiyasi uchun to‘lovlarni amalga oshira olmagan taqdirda, qarzdorlik davlat budjetidan qoplanishi belgilangan.

«SkyPower Global» quyosh energetikasi sohasida dunyodagi yirik kompaniyalardan biri bo‘lib, 34 davlatda idoralariga ega.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring