Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sog‘liqni saqlash tizimida mukofotlar o‘z egalariga topshirildi

Sog‘liqni saqlash tizimida mukofotlar o‘z egalariga topshirildi

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 27 yilligi arafasida mamlakat osoyishtaligini mustahkamlashga katta hissa qo‘shgan, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy-ma’rifiy sohalarda fidoyilik ko‘rsatgan bir guruh fuqarolar davlat mukofotlari — faxriy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlandi. Ular orasida tibbiyot sohasining fidoyi vakillari ham bor.

Sog‘liqni saqlash vazirligida ulardan bir guruhiga ushbu yuksak mukofotlarni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Tadbirda Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov ishtirok etib, yig‘ilganlarni Mustaqillikning 27 yillik bayrami bilan tabriklab, orden va medallarga sazovor bo‘lganliklari munosabati bilan samimiy qutladi.

Yana bir muhim jihat, tibbiy xizmat ko‘rsatishdan tortib, soha vakillari huquqini himoyalash, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishni yanada kuchaytirishga qaratilgan konsepsiya ustida ish olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring