Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Stomatologiya institutiga dunyoning yetakchi universitetlarining 25 nafar professor-o‘qituvchilari ishga qabul qilindi

Stomatologiya institutiga dunyoning yetakchi universitetlarining 25 nafar professor-o‘qituvchilari ishga qabul qilindi

O‘zbekistonda ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish, malakali kadrlar tayyorlash maqsadlariga katta kuch yo‘naltirilmoqda.

Joriy yilning 30-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda mamlakatimiz ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish maqsadida, ta’limdagi hozirgi muammolarni hal qiladigan, yaqin yillarda samarali natijasini ko‘rsatadigan va keyingi taraqqiyot darajasini belgilab beradishda dunyodagi yetakchi ta’lim tizimini ilg‘or tajribasidan foydalanish tavsiya etildi.

Institutning dunyoning yetakchi hamkor universitetlari bilan o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolangan bo‘lib, bugungi kunga qadar bir nechta loyihalar bo‘yicha ish olib borilmoqda.

2020-2021-o‘quv yili bahorgi semestridan boshlab, Toshkent davlat stomatologiya instituti jamoasiga 25 ta xorijiy pedagoglari ishga qabul qilindi.

Hamkor universitetlar orasida dunyodagi QS halqaro reytingga kiruvchi Italiyaning Milan universiteti, Finlyandiyaning JAMK universiteti, Rossiyaning RUDN universiteti va boshqalar o‘rin egallagan.

Mazkur pedagoglar «Stomatologiya» va «Davolash ishi» yunalishdagi fanlardan ma’ruza va amaliy fanlarni o‘qitishga jalb qilindilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring