Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sud iste’molchi manfaatini ko‘zlab qaror chiqardi

Sud iste’molchi manfaatini ko‘zlab qaror chiqardi

Foto: «Antikor.zp.ua»

Urganch tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati fuqaro S.Ollaberganova manfaatini ko‘zlab sudga da’vo arizasi kiritdi. Unda «Urganchtumangaz» filiali tomonidan 2017-yil 6-yanvarda rasmiylashtirilgan dalolatnomani haqiqiy emas deb topish so‘raldi.

Sud majlisida da’vogar 2017-yil 6-yanvarda «Urganchtumangaz» filialining dalolatnomasi noqonuniy ekani, dalolatnomada xonadon egasining imzosi yo‘qligi, uni rasmiylashtirishda amaldagi tartib-qoidalarga rioya qilinmaganini bildirib, ushbu dalolatnomani haqiqiy emas deb topishni so‘radi. «Urganchtumangaz» filiali vakili sud majlisi haqida ogohlantirilgan bo‘lsa-da, unga yetib kelmadi. Shunga ko‘ra, sud Fuqarolik protsessual kodeksining tegishli moddasiga asosan ishni javobgar vakilining ishtirokisiz ko‘rishni lozim topib, da’vogarning tushuntirishini tinglab, ishda to‘plangan hujjatlarni ko‘rib chiqdi.

Aniqlanishicha, 2017-yil 6-yanvarda «Urganchtumangaz» filiali tomonidan Urganch tumanida yashovchi S.Ollaberganovaning xonadonidagi GXU yaroqsiz deb topilgan va bu haqda dalolatnoma rasmiylashtirilgan, shuningdek, fuqaroga 487 ming 490 so‘m jarima hisoblangan. Ushbu dalolatnomani tuzish davomida xolislar ishtiroki ta’minlanmagan, bundan oldin ogohlantirish xati berilmagan, xonadon egasi dalolatnomaga imzo qo‘yish orqali tanishtirilmagan yoki imzo qo‘yishdan bosh tortgani to‘Іrisida dalolatnoma rasmiylashtirilmagan.

Sud Fuqarolik kodeksining, Fuqarolik protsessual kodeksining tegishli moddalarini qo‘llab, hal qiluv qarori chiqardi. Unga asosan dalolatnoma haqiqiy emas deb topildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring