Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sudanda harbiylar davlat to‘ntarishi uyushtirdi

Sudanda harbiylar davlat to‘ntarishi uyushtirdi

Foto: «Topwar.ru»

Sudan armiyasi mamlakatda harbiy davlat to‘ntarishi amalga oshirdi. Bu haqida «Al-Mayadin» telekanali xabar berib o‘tdi.

Xabar qilinishicha, harbiylar prezident Umar al Bashirni barcha lavozimlardan olib tashlab, hukumatni tarqatib yuborgan. Prezident saroyi askarlar va bronetexnika bilan o‘rab olingan.

Shuningdek harbiylar bugun tongda davlat televideniyesi va radiosini egallagan. Ayni vaqtda efirda faqat vatanparvarlik ruhidagi musiqa ketmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring