Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Suriyalik qochoqlar muammosi: BMT donor davlatlarni va’dalarini zudlik bilan bajarishga chaqirdi

Suriyalik qochoqlar muammosi: BMT donor davlatlarni va’dalarini zudlik bilan bajarishga chaqirdi

Foto:«Europe 1»

31-may kuni BMT donor davlatlarni suriyalik muhojirlarga berilishi zarur bo‘lgan yordam pullarini zudlik bilan berishga chaqirdi. Bu haqda Fransiyaning «Yevropa 1» radiosi xabar bermoqda.

«Aprel oyida biz 2018-yil uchun 5,6 mlrd. dollar (4,8 mlrd. yevro) so‘ragan edik. Allaqachon may oyidamiz va ushbu summaning bor-yo‘g‘i 20 foizinigina qabul qildik», — degan Ammanda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida BMTning qochqinlar masalalari agentligining Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mintaqasi departamenti direktori Amin Avad. «Bu o‘z va’dalarini bajarishlari uchun donor davlatlarga qaratilgan tezkor chaqirig‘imizdir», — deya ta’kidladi u.

Aprel oyi oxirida Bryusselda yig‘ilgan xalqaro hamjamiyat suriyalik qochqinlarga va mamlakat ichida yashash joyini o‘zgartirganlarga yordam berish uchun 4,4 mlrd. dollar (3,6 mlrd. yevro) miqdorida pul ajratishini ma’lum qilgan edi. BMT ham ehtiyojlarni qoplash uchun 9,1 mlrd. dollar (7,7 mlrd. yevro) kerakligini ma’lum qilgan edi. Shundan 5,6 mlrd. dollar (4,5 mlrd. yevro) qo‘shni mamlakatlarga qochib o‘tgan qochqinlar uchun, 3,5 mlrd. dollar (2,8 mlrd. yevro) Suriyada insonparvarlik yordamiga ajratilishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, 2011-yildan buyon Suriyada davom etayotgan mazkur urushda 350 000 kishi halok bo‘ldi. 6,1 mln. kishi mamlakat ichkarisida o‘z uyini tashlab ketgan bo‘lsa, 5 mln.dan ortiq kishi xorijdan boshpana izlab ketishga majbur bo‘ldi. Ko‘pchilik qochqinlar Suriyaga qo‘shni bo‘lgan Livan, Turkiya va Iordaniya kabi mamlakatlardan boshpana topdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring