Surxondaryodagi yashirin fermaning «siri» ochildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sherobod tuman bo‘limi, prokuratura va IIB TQX kiberxavfsizlik xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda «Galaguzar» MFY hududidagi xonadonda yashovchi E.E. o‘z uyida 23 ta to‘plamdagi mayning kripo-aktivlari qurilmalarini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, jami 284,8 mln so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlaganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatli o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter