Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tashqi ishlar vaziri AQShdagi ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatmaslikka bag‘ishlangan tadbirda qatnashadi

Tashqi ishlar vaziri AQShdagi ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatmaslikka bag‘ishlangan tadbirda qatnashadi

Foto: BMT

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya 2018 yilning 14-21 yanvar kunlari AQShga tashrif buyuradi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston delegatsiyasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-York shahridagi Bosh qarorgohida BMT Xavfsizlik Kengashining «Ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatmaslik: ishonch choralari» nomli tadbirida va vazirlar darajasidagi «Xavfsizlik va taraqqiyotning o‘zaro bog‘liq modeli sifatida Afg‘oniston va Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish» mavzusida ochiq munozaralarda ishtirok etadi.

Shuningdek, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish va xorijiy davlatlarning bir qator tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi. Tashrif dasturida Vashington shahrida O‘zbekiston-AQSh muzokaralarini o‘tkazish ham nazarda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring