Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Timoshenko Ukraina prezidentligiga nomzodlar orasida yetakchilik qilmoqda

Timoshenko Ukraina prezidentligiga nomzodlar orasida yetakchilik qilmoqda

Foto: RIA Novosti / Aleksey Vitvitskiy

Ukrainaning sobiq bosh vaziri, «Batkivshina» partiyasi yetakchisi Yuliya Timoshenko Ukraina prezidentligiga nomzodlar reytingida birinchi pog‘onani egallab turibdi. Amaldagi prezident Pyotr Poroshenko esa ikkinchi o‘rinda. Bu haqida «Reyting» sotsiologik guruhi direktori Aleksey Antipovich matbuot anjumanida xabar bergan.

Ukrainada prezident saylovi 2019 yilning 31 mart kuni bo‘lib o‘tadi.

«Bizda Timoshenko so‘rovda 11,2 foiz ovoz to‘plab yetakchilik qilayotgani haqida ma’lumot bor. Poroshenko esa 9,4 foiz ovoz bilan ikkinchi o‘rinda», — deya ma’lumot bergan Antipovich.

Uning gapiga qaraganda agar Poroshenko Timoshenko bilan ikkinchi turga o‘tadigan bo‘lsa, faqat bir nechta viloyatda, jumladan Vinnitsa, Xmelnitskiy, Chernovsi va Donetskda g‘olib chiqishi mumkin.

Siyosiy ekspert Aleksey Minakov so‘rov natijalarini izohlar ekan, «Hukumat hozir ikkinchi tur uchun nomzod izlamoqda, chunki Timoshenko (Poroshenko uchun) noqulay nomzod hisoblanadi», — deb fikr bildirgan. Ekspertning fikricha, «Oppozitsion blok» rahbari Yuriy Boyko qulayroq nomzod. Boyko so‘rovda 7,1 foiz ovoz to‘plagan. Ammo uning saylovda o‘z nomzodini qo‘yish-qo‘ymasligi aniq emas.

Sotsiologik so‘rov o‘tgan yilning dekabr oyida o‘tkazilgan bo‘lib, unda 30 ming kishi qatnashgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring