Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent «Ekopark»idagi noekologik muzqaymoq (video)

Toshkent «Ekopark»idagi noekologik muzqaymoq (video)

Foto: «sputniknews-uz.com»

Toshkentdagi «Ekopark» hududida muzqaymoq sotuvchi toza bo‘lmagan suvdan foydalangan holda muzqaymoq tayyorlovchi moslamani yuvayotgani videoga olindi. Bu haqda «Uznews» xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan videoda park hududida muzqaymoq tayyorlovchi moslamani, shu hududdan oqib o‘tuvchi toza bo‘lmagan suv yordamida tozalayotgani aks etgan.

Ko‘rish mumkinki, ayni shu moslama orqali muzqaymoq tayyorlanib, tashrif buyuruvchilarga iste’mol uchun sotiladi. Shu sabab, park hududidan oqib o‘tuvchi suvning sanitariya-gigiyena talablariga javob bermasligi isbot talab etmaydigan aksiomadir, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring