Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahridagi barcha avtomobillarga gaz quyish shoxobchalari vaqtinchalik yopilmoqda

Toshkent shahridagi barcha avtomobillarga gaz quyish shoxobchalari vaqtinchalik yopilmoqda

Foto: Xabar.uz

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati shaharda gaz bosimi pasayib ketishi yuzasidan ma’lumot berdi.

«Ob-havo harorati keskin pasaygani sababli, shahrimizning ayrim hududlarida gaz va issiqlik ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda — kommunal xizmatlar mavjud gaz zaxirasini barcha iste’molchilar orasida teng taqsimlashga urinishiga qaramay, resurslar yetishmayapti.

Iloji boricha ko‘proq xonadonlarni gaz va issiqlik bilan ta’minlash maqsadida, jamoat transport vositalariga xizmat ko‘rsatadigan shoxobchalardan tashqari, qolgan barcha avtomobillarga gaz quyish shoxobchalari vaqtinchalik yopilmoqda.

Shahar ma’muriyati muammolarni bartaraf etish ustida kunu tun 24 soat ishlamoqda, kommunal soha xodimlari esa ishlarini yuqori shaylik rejimida davom ettirmoqda», deyiladi xabarda.

Bir necha soat avval «Hududgazta’minot» AJ ijtimoiy tarmoqlarda avtomobillarga gaz quyish kompressor shoxobchalariga tabiiy gazni yetkazib berish butunlay to‘xtatilayotgani haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring