Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent shahridagi INHA universiteti va «O‘zbekiston pochtasi» AJ yosh ixtirochilarni rag‘batlantiradi

Toshkent shahridagi INHA universiteti va «O‘zbekiston pochtasi» AJ yosh ixtirochilarni rag‘batlantiradi

Foto: «Inha.uz»

Bugun Toshkent shahridagi INHA universiteti (IUT) va «O‘zbekiston pochtasi» aksiyadorlik jamiyati o‘rtasida hamkorlikdagi faoliyat to‘g‘risida shartnoma imzolandi.

IUT rektori Sarvar Babaxodjayev va «O‘zbekiston pochtasi» AJ bosh direktori Shuhrat Atamuhamedov hujjatga imzo qo‘yishdi.

Shartnoma doirasida tomonlar hamkorlikda innovatsion siyosatni amalga oshirishda qatnashish hamda O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining real tarmog‘iga joriy etish bo‘yicha innovatsion mahsulotlar yaratish, yosh ixtirochilarni rag‘batlantirish niyatidalar. 

Toshkent shahridagi INHA universitetining bitiruvchilari «O‘zbekiston pochtasi» AJ korxonalarida ishlash, talabalar esa amaliyot o‘tash imkoniga ega bo‘lishi kutilmoqda.

«O‘zbekiston pochtasi» AJ axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda logistika sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish maqsadida Toshkent shahridagi INHA universitetining mutaxassislari va professorlarini jalb qiladi.

IUT va «O‘zbekiston pochtasi» AJ ishlab chiqarish va intellektual mulkni himoya qilishga qaratilgan amaliy ilmiy tadqiqotlar va innovatsion texnologiyalarni yaratishga yo‘naltirilgan qo‘shma tadqiqotlarni amalga oshirish niyatidalar.

Tomonlar innovatsion va yoshlar siyosatini amalga oshirish masalalari, shuningdek, o‘quv-uslubiy tavsiyalar va adabiyotlarni nashr etish bo‘yicha turli seminarlar, davra suhbatlari hamda konferensiyalar o‘tkazishadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring