Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent shahrining uch tumaniga hokim tayinlandi

Toshkent shahrining uch tumaniga hokim tayinlandi

Xalq deputatlari Olmazor, Mirzo Ulug‘bek va Mirobod tumanlarining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Shu kunga qadar Olmazor tumani hokimi vazifasini bajaruvchi Rahmonov Baxtiyor Sultonovich, Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi vazifasini bajaruvchi Ergashev Shavkatbek Turdiyevich, Mirobod tumani hokimi vazifasini bajaruvchi Po‘latov Shuhrat Abdujabborovich hokim etib tayinlanishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring