Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Toshkent viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Foto: facebook.com/yoshlarittifoqi.uz

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi birinchi o‘rinbosari Odil Tojiyev Toshkent viloyati hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda «Xabar.uz» manbasi xabar berdi.

Odiljon Tojiyev 1984-yil 11-sentyabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2006-yili Toshkent islom universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi huquqshunos.

U 2017-yil 5-iyuldan hozirga qadar Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Kengashi raisi vazifasida ishlagan Elbek Shukurov Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring