Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent viloyati IIB: «O‘zbekistondan chiqib ketgan shaxslarga nisbatan e’lon qilingan qidiruv bekor qilinmoqda»

Toshkent viloyati IIB: «O‘zbekistondan chiqib ketgan shaxslarga nisbatan e’lon qilingan qidiruv bekor qilinmoqda»

Illyustrativ surat.

Fotokollaj: «Xabar.uz»

O‘zbekiston hududidan chiqib ketib, qidiruvda bo‘lgan shaxslarning amnistiya qo‘llashga rozilik arizalari olinib, ularga nisbatan e’lon qilingan qidiruv bekor qilinmoqda, deb xabar bermoqda Toshkent viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi. Viloyat ichki ishlar boshqarmasining xabarida qidiruvda bo‘lgan ikki nafar fuqaro haqida ma’lumot keltiriladi.

Qayd etilishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Bekobod shahar sudi tomonidan jinoyat kodeksining 223-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganligi uchun 2012-yil 15-noyabr kunida qidiruv e’lon qilinib, Bekobod shahar IIB tomonidan qidiruvda bo‘lgan, 1992-yilda tug‘ilgan Surayyo Odiljonovna Tuliboyeva xozirgi vaqtda Tojikiston Respublikasi, Konibodom shahrida yashayotganligi aniqlanib, undan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2012-yil 5-dekabr kuni chiqarilgan «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 20 yilligi munosabati bilan amnistiya e’lon qilish to‘g‘risida»gi qaroriga asosan rozilik arizasi olingan.

Shuningdek, jinoyat ishlari bo‘yicha Bekobod shahar sudi tomonidan jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganligi uchun 2013-yil 10-avgust kunida qidiruv e’lon qilinib, Bekobod shahar IIB tomonidan qidiruvda bo‘lgan, 1972-yilda tug‘ilgan, Vitaliy Aleksandrovich Sorokin ham xozirda Tojikiston Respublikasi, Dushanbe shahrida yashayotganligi aniqlanib, undan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2013-yil 12-dekabr kuni chiqarilgan «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 21 yilligi munosabati bilan amnistiya e’lon qilish to‘g‘risida»gi qaroriga asosan rozilik arizasi olingan.

Ma’lum qilinishicha, Har ikki ayblanuvchilarga nisbatan amnistiya qarori tadbiq etilib, ularga nisbatan e’lon qilingan qidiruv bekor qilingan.

Toshkent viloyati IIBning xabarida O‘zbekiston hududidan chiqib ketib, qidiruvda bo‘lgan boshqa shaxslarga nisbatan e’lon qilingan qidiruv bekor qilinishi yoki qilinmasligiga oydinlik kiritilmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring