Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyatidagi 4 ta tumanning soliq va moliya bo‘limlari rahbarlari yoppasiga ishdan ketadi

Toshkent viloyatidagi 4 ta tumanning soliq va moliya bo‘limlari rahbarlari yoppasiga ishdan ketadi

Avval xabar berganimizdek, ayni vaqtda Toshkent viloyatida xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Sessiyada O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.

Sessiyada «Xabar.uz» axborot-tahliliy portalining vakili ham qatnashmoqda. Uning ma’lumot berishicha, videoselektor shaklida o‘tayotgan sessiyada Prezident Shavkat Mirziyoyev mahalliy budjetni o‘nglash haqida kuyunib gapirgan.

«Mahalliy budjetga soliq tushumini bajarmagan 4 ta tumanning soliq va moliya bo‘limlari rahbarlari yoppasiga ishdan ketadi. Internetda e’lon qil, ularning o‘rniga odam top!» deb aytgan davlat rahbari mas’ullarga qarata.

Voqealar rivojini biz bilan birga kuzating!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring