Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda 1-yanvar kuni yo‘qolgan 15 yashar qiz qidirilmoqda

Toshkentda 1-yanvar kuni yo‘qolgan 15 yashar qiz qidirilmoqda

Elektron nashrlar va ijtimoiy tarmoqlarda 15 yashar Nodira Yashatulayeva 2019-yil 1-yanvar kuni Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi qarindoshining uyidan chiqib, yo‘qolib qolgan haqida ma’lumotlar tarqaldi, deb xabar berdi Toshkent shahar IIBB.

Qizning ota-onasi ichki ishlar idoralariga ertasiga, 2-yanvar kuni murojaat qilgan. Ularning aytishicha, Nodira avval ham uydagilarni ogohlantirmay, qarindoshlarinikiga ketib qolgan, shu sababli bu haqda darrov huquqni muhofaza qilish organlariga xabar berilmagan.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Nodiraga o‘xshash qizni To‘ytepa shahridagi supermarketlardan biridagi archa atrofida ko‘rishgan. Hozirda qizning ota-onasi va Sergeli tuman IIB xodimlari o‘sha yerda bo‘lib turibdi.

Nodira Yashatulayevani ko‘rgan-bilganlardan 102 telefon raqami orqali xabar berishlari so‘ralgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring