Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda ayollar uchun shaxmat bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi

Toshkentda ayollar uchun shaxmat bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi

Foto: «Feusbuk» / «Sky Chess»

Shu yilning 8-mart – go‘zal bahor bayrami sharafiga, «Sky Chess» shaxmat maktabi «GroundZero» kovorking markazi bilan hamkorlikda ayollar uchun shaxmat bo‘yicha ochiq turnir o‘tkazadi. Bu haqda shaxmat maktabining «Feysbuk»dagi sahifasida e’lon qilingan.

Musobaqada barcha xohlovchilar — xotin-qizlar, havaskor va professional ishtirok etishlari mumkin. Shuningdek, Ciz tadbirga tomoshabin va muxlis sifatida ham tashrif buyurishingiz hamda ishtirokchilarni qo‘llab-quvvatlashingiz mumkin.

Ayollar tezkor shaxmat bo‘yicha bellashadi, har bir partiya 15 daqiqadan davom etadi. Ushbu kun sizni a’lo kayfiyat, qiziqarli tanishuvlar, turnir homiylari — «Just&Because» gullar ustaxonasidan va «Parfum Gallery» do‘konlar tarmog‘idan zo‘r sovg‘alar, shuningdek, kofe-breyk kutmoqda

Ishtirok etish erkin tarzda (to‘lov to‘lash talab etilmaydi). Ishtirokchilar mana bu manzil orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

Tomoshabin va muxlislar uchun bilet narxi – 15 000 so‘m.

O‘tkaziladigan joy: «GroundZero» (Mo‘ljal - «Aviator» korzinkasi)

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring