Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent metrosida poyezd stansiyalar orasida to‘xtab qoldi

Toshkent metrosida poyezd stansiyalar orasida to‘xtab qoldi

Bugun Toshkent metrosida kutilmagan holat sodir bo‘lgan. O‘zbekiston yo‘lidagi «Beruniy» va «Tinchlik» metro bekatlari orasida poyezd to‘xtab qolgan. Bu holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketgani haqida «Uz24» xabar berib o‘tdi.

«Toshkent metropoliteni» UK ma’muriyati ushbu sodir bo‘lgan hodisa yuzasidan quyidagicha izoh berdi:

«2019-yil 15-mart taxminan soat 11:45 da 39-marshrut bo‘yicha harakatlanayotgan harakat tarkibi Beruniy bekatidan «Tinchlik» bekati tomon harakatlanganda texnik nosozlik sababli ikki bekat oralig‘ida to‘xtab qolgan. Nosozlik 8 daqiqada bartaraf etilib, harakat tarkibi o‘z yo‘nalishini davom ettirdi».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring