Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda Puchon universiteti va TATKHK qo‘shma fakultetiga qabul boshlandi

Toshkentda Puchon universiteti va TATKHK qo‘shma fakultetiga qabul boshlandi

15 yanvar kunidan Puchon Universiteti (Janubiy Koreya) va Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejining qo‘shma loyihasi bo‘lgan «Boshqaruv qurilmalarini ishlab chiqish va ularga xizmat ko‘rsatish» fakultetiga qabul jarayoni boshlandi.

Axborot texnologiyalari kolleji direktori Dmitriy Lining ma’lum qilishicha, dizayni va jihozlanishi bo‘yicha yangi fakultet auditoriyalari va laboratoriyalari Puchon Universitetida qabul qilingan standartlarga mos keladi. Ta’lim yuqorida aytib o‘tilgan universitetning pedagogik texnologiyalariga yaqin ravishda olib boriladi, ikkinchi bosqichda esa talabalar Puchon Universitetining ayrim professorlari bilan tanishadilar.

O‘quv rejasi Puchon Universiteti tomonidan taqdim etilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining standartlariga moslashtirilgan. Dasturda koreys tilini kuchaytirilgan ravishda (boshidan boshlab) o‘rganish nazarda tutilgan bo‘lib, talaba ikki yil ichida TOPIK ning 3-darajasiga tayyor bo‘ladi.

O‘qish muddati

O‘qishning 1 va 2-bosqichlari Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejida bo‘lib o‘tadi. O‘qish o‘zbek va rus tillarida olib boriladi. TATKHKda o‘qish muvaffaqiyatli tamomlanganidan so‘ng, bitiruvchiga mahalliy namunadagi diplom beriladi.

2-bosqichni tamomlagandan so‘ng, koreys tili bo‘yicha 3-darajani olgan (TOPIK) hamda maxsus fanlardan a’lo va yaxshi baho olgan TATKHK talabalari Puchon Universiteti 3-bosqichi bakalavr yo‘nalishiga imtihonsiz olinadi. 4-bosqich bitiruvchi talabalarga Janubiy Koreya Respublikasida o‘qish yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr diplomi beriladi.

O‘qish qiymati

TATKHKda o‘qishning bir yillik to‘lovi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining shartnoma tuzilgan sanadagi kursi bo‘yicha so‘mda to‘lanadi va umumiy qiymati 2000 AQSh dollarini tashkil etadi.

O‘qishga kirishni xohlovchilar quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:

1. O‘rta ma’lumot to‘g‘risida diplomning asl nusxasi.

2. 086 shakldagi tibbiy ma’lumotnoma.

3. Ro‘yxatdan o‘tgan joy (propiska) ko‘rsatilgan holda pasport nusxasi.

4. Ariza.

Hujjatlarni qabul qilish 2019 yilning 15 fevraliga qadar davom etadi, o‘quv kursi 2019 yilning mart oyida boshlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring