Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda transport sohasida I xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi

Toshkentda transport sohasida I xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi

Foto: «Xabar.uz»

2018 yil 13 sentyabr kuni Milliy matbuot markazida jurnalistlar uchun 2018 yilning 20 sentyabrida «Hyatt Regency Tashkent» mehmonxonasining zalida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan «Markaziy Osiyo xalqaro transport koridorlari tizimida: amalga oshirilmagan imkoniyatlar va strategik istiqbollar» mavzusida yuqori darajadagi xalqaro konferensiyaga tayyorgarlik ko‘rishga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi, «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi, «O‘zbekiston temir yo‘llari» davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, «O‘zavtoyo‘l» aksiyadorlik kompaniyasi, shuningdek, boshqa idora va kompaniya vakillari ishtirok etdilar.

Xalqaro konferensiyaning asosiy maqsadi – xalqaro moliyaviy institutlar, tashkilotlar, transport uyushmalari, transport va logistika kompaniyalari vakillari bilan yangi transport koridorlarini shakllantirish va takomillashtirish bo‘yicha muloqotni har tomonlama rivojlantirishdir.

“Hozirda konferensiya doirasida xalqaro transport koridorlarini samarali va o‘zaro manfaatli foydalanish masalalari bilan transport sohasida, xalqaro tashkilotlar va boshqa manfaatdor tomonlar vakillari bilan uchrashuvlar rejalashtirilmoqda, – deya ta’kidladi Tashqi savdo vazirligi Eksport marshrutlarini diversifikatsiyalash va transport koridorlarini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Azizbek Salaxiddinov. – Shu bilan birgalikda konferensiyada Markaziy Osiyoda yagona tarmoqli vatashqaridan integratsiyalangan transport maydonini yaratish mavzusi ham o‘rtaga tashlanadi, bu o‘zaro ishonch va yaxshi qo‘shnichilik asosida o‘zaro munosabatlarni mustahkamlashga yordam beradi”.

Hozirgi vaqtda anjumanda 50 dan ortiq mamlakatdan 340 nafar xorijiy mehmonlar o‘zlarining ishtiroklarini tasdiqlashdi: Latviya, Litva, Lyuksemburg, Moldova, Pokiston, Polsha, Rossiya, Ozarbayjon, Afg‘oniston, Belarus, Germaniya, Gruziya, Misr, Hindiston, BAA, Eron, Italiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ruminiya, Saudiya Arabistoni, Singapur, AQCh, Tojikiston, Tailand, Turkmaniston, Turkiya, Ukraina, Fransiya, Shveysariya va Yaponiya kabi davlatlar.

2018 yil 20-sentyabr kuni bo‘lib o‘tadigan asosiy plenar yig‘ilish «Hyatt Regency Tashkent» mehmonxonasida bo‘lib o‘tadi va tushdan keyin tanlangan tematik tarmoqlar bo‘yicha to‘rtta parallel seksiyali sessiya boshlanadi.

«Markaziy Osiyo mamlakatlari transport va tranzit salohiyatining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari» seksiyasida Markaziy Osiyo mamlakatlari transport va tranzit salohiyatining imkoniyatlari, Markaziy Osiyodagi tashqi integratsiyalashgan transport sohasini shakllantirish va mintaqada yangi yo‘laklar yaratish masalalari muhokama qilinadi. Shuningdek, transport va logistika sohasidagi mutaxassislarni tayyorlashning xalqaro tizimi, xalqaro yuk tashish uchun zamonaviy shart-sharoitlar va bojxona-chegara tartiblarini ishlab chiqish masalalari, yirik transport yo‘nalishlari bo‘yicha logistika markazlari, bojxona omborlari hamda TIR-parklar tarmog‘ini yaratish mavzusi va boshqa ko‘plab masalalar muhokama qilinadi.

«Temir yo‘l transportini rivojlantirishning jahon va mintaqaviy tendensiyalari» seksiyasi Markaziy Osiyo mamlakatlari temir yo‘llari sohasida axborot texnologiyalari, marketing va raqamli transport xizmatlarini joriy qilish, temir yo‘l tariflarini tartibga solish, shu jumladan O‘zbekiston eksport qiluvchi korxonalari, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, yangi va takomillashtiruvchi yangi texnologiyalarni yaratish uchun jahon va Markaziy Osiyodagi temir yo‘l transporti infratuzilmasi istiqbollariga bag‘ishlanadi. Shuningdek, Markaziy Osiyodagi mavjud temir yo‘l transport koridorlari va temir yo‘l tarmog‘i bilan bog‘liq boshqa masalalar ham muhokama etiladi.

Uchinchi seksiya «Avtomobil transportini yanada takomillashtirish bo‘yicha xalqaro hamkorlik: xorijiy tajriba va milliy tajriba» ishtirokchilari avtomobil transporti va yo‘l koridorlarini rivojlantirish bo‘yicha eng yaxshi xalqaro tajribani:

Markaziy Osiyo mamlakatlarining avtomobil transportida axborot, marketing va raqamli transport xizmatlarini joriy etish, shuningdek, asosiy transport koridorlari bo‘ylab xalqaro avtomobil transportini rivojlantirish uchun innovatsion texnologiyalardan foydalanishni muhokama qiladilar.

«Markaziy Osiyoda havo transportini rivojlantirishning dolzarb masalalari» seksiyasida ishtirokchilar jahon va Markaziy Osiyodagi havo transportining bugungi ahvoli va istiqboliga, xalqaro aviatashuvlarni rivojlantirishga, Markaziy Osiyo mamlakatlariga xorijiy aviakompaniyalarni jalb qilishga, Markaziy Osiyoda havo yo‘nalishlarini yanada kengaytirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishga, Markaziy Osiyo mamlakatlarida terminallar va logistika markazlari, pochta jo‘natmalari markazlarini yaratish va boshqa masalalarga e’tibor qaratishadi.

Konferensiya yakunida respublikaning transport sektorini rivojlantirish bo‘yicha memorandumlar va boshqa hujjatlar qabul qilinishi hamda imzolanishi rejalashtirilgan.

2018 yil 21-sentyabrning ikkinchi kunida Samarqandga tashrif buyurilishi rejalashtirilgan bo‘lib, u yerda konferensiyaning xorijiy mehmonlari «MAN Auto-Uzbekistan» qo‘shma korxonasiga tashrif buyurishlari mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring