Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentga yangi gerb kerak. Mukofot jamg‘armasi 10 million so‘mlik tanlov o‘tkaziladi

Toshkentga yangi gerb kerak. Mukofot jamg‘armasi 10 million so‘mlik tanlov o‘tkaziladi

Foto: «shosh.uz»

Joriy yilning 25-avgustiga qadar Toshkent shahri ramzi — gerbini ishlab chiqish bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi. Bu haqda shahar hokimligida bo‘lib o‘tayotgan matbuot anjumanida aytildi, deb xabar bermoqda «Xalq so‘zi».

Tanlov badiiy vositalar yordamida toshkentliklarda g‘urur, vatanparvarlik va hamjihatlik tuyg‘ularni uyg‘otuvchi ramzni yaratish maqsadida o‘tkazilmoqda.

Tanlovning mukofot jamg‘armasi 10 million so‘m va homiylarning qimmatbaho sovg‘alaridan tashkil topgan. Yakuniy natijalarga ko‘ra, bitta g‘olib, ikkita ikkinchi o‘rin, uchta uchinchi o‘rin sovrindorlari aniqlanadi va ular rag‘batlantiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring