Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tramp «Florens» to‘fonidan jabrlanganlarga hot-dog tarqatdi

Tramp «Florens» to‘fonidan jabrlanganlarga hot-dog tarqatdi

Foto: «unian.net»

AQSh prezidenti Donald Tramp «Florens» to‘fonidan jabrlanganlarning holidan xabar olish maqsadida tabiiy ofat kuzatilayotgan hududlarga borib, odamlarga hot-dog tarqatdi. Bu haqda «Gazeta.ru» xabar bermoqda.

«Amerika sizlar bilan birga. Sizlarni Xudo qo‘llasin. Biz aslo sizning yo‘qotganlaringizni unutmaymiz va aslo sizni yolg‘iz tashlab qo‘ymaymiz», – degan Tramp Xevlok dengiz bazasidagi brifingda.

Ta’kidlanishicha, Tramp Shimoliy va Janubiy Korolina shtatlariga borgan. Cherkovga kirgan hamda mahalliy hukumatning to‘fonga qarshi olib borayotgan ishini aholi bilan birgalikda muhokama qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring