Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp va Putin muloqoti AQSh OAV noroziligiga uchradi

Tramp va Putin muloqoti AQSh OAV noroziligiga uchradi

Foto: «Sott»

AQSh prezidenti Donald Tramp Vladimir Putinga qo‘ng‘iroq qilgani uchun uni tanqid qilgan ommaviy axborot vositalari haqida fikr bildirdi.

«Men prezident Putinga saylovda g‘alaba qozongani bilan tabriklash maqsadida qo‘ng‘iroq qildim. Avval Obama ham unga qo‘ng‘iroq qilgan. “Yolg‘on-yashiq” OAV esa aqldan ozayapti, chunki ular men uni tanqid qilishimni xohlashgandi. Ular nohaq! Rossiya yoki boshqa davlat bilan kelishish, birga bo‘lish yomon narsa emas, aksincha, yaxshidir», — deb yozgan Tramp «Twitter»dagi sahifasida.

Prezidentlar o‘rtasidagi telefon muloqoti seshanba kuni AQSh tomoni tashabbusi bilan tashkil etilgandi. Suhbat asnosida Tramp Putinni prezidentlikka qayta saylangani bilan tabriklagan. Prezidentlar ikkitomonlama aloqalarni, Ukraina, Suriya va Koreya yarimorolidagi vaziyatni muhokama qilishgan. Putin, shuningdek, qurollanish poygasini cheklash uchun birgalikda harakat qilish zarurligini ham ta’kidlab o‘tgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring