Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp va Qatar amiri terrorizmga qarshi kurashni muhokama qildi

Tramp va Qatar amiri terrorizmga qarshi kurashni muhokama qildi

Foto: therussiantimes.com

Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Al Tani va AQSh prezidenti Donald Tramp dushanba kuni terrorizmga qarshi kurash masalalarini muhokama qildi. Bu haqda «TASS» Qatar axborot agentligiga tayanib xabar berdi.

Suhbat chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar va ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash yo‘llari, xususan, terrorizmga qarshi kurash masalalari muhokama qilindi. Agentlik xabariga ko‘ra, Tramp Qatarning bu boradagi rolini juda yuqori baholagan. Bayonotga ko‘ra, har ikki lider ham xalqaro muammolar va Yaqin Sharq mintaqasidagi vaziyat haqida gaplashishgan.

2017 yilning yozida Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Bahrayn va Misr Dohani terrorizmni qo‘llab-quvvatlayotganlikda va ularning ichki ishlariga aralashganlikda ayblab, Qatar bilan diplomatik aloqalarini uzishgan edi. Buning ortidan esa, Qatarga qarshi iqtisodiy sanksiyalar va blokadalar e’lon qilishdi hamda Qatar samolyotlari uchun havo yo‘llarini yopib qo‘yishdi. Qatar Arab qo‘shnilarining qarorini asossiz deb atadi.

Keyinchalik, Qatar oldiga bir qancha talablarni qo‘yishdi. Doha esa ushbu talablarni bajarib bo‘lmaydigan deb topdi va ularni qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi. Ular orasida Eron bilan diplomatik aloqalar darajasini kamaytirish, «Al-Jazira» telekanalini yopish, Turkiya bilan harbiy hamkorlikni to‘xtatish va Qatarda turk harbiy bazasini yopish kabi talablar ham bor edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring