Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Turkiya klubi transferda adashib boshqa futbolchini sotib oldi

Turkiya klubi transferda adashib boshqa futbolchini sotib oldi

Alfa Jallou.

Foto: «Foroyaa»

Hozir yozgi transferlar ayni avjida. Turkiya ham bu jarayonda faol. Shunchalikki, hatto shoshilinchda bir futbolchi o‘rniga boshqa birov sotib olindi. Bu haqda «Foroyaa» xabar berdi.

Turkiya chempionatining ikkinchi divizonida qatnashayotgan «Menemenspor» klubi Portugaliya chempionatining uchinchi ligasi a’zosi — «Alkoshetense» klubidan gambiyalik forvard (hujumchi) Alfa Jallouni sotib olganini e’lon qildi.

Aytishlaricha, bitim shartlari har ikki tomonga ham ma’qul kelib, muzokaralar tezda yakuniga yetgan. Biroq oradan bir sutka o‘tib qarashsa, bu boshqa futbolchi, vaqtni yo‘qotmasdan  u bilan shartnomani bekor qilishgan.

Lamin Jallou. Foto: «Foroyaa»

Gap shundaki, turklarga chindan ham Jallou, chindan ham forvard, chindan ham gambiyalik futbolchi kerak edi. Biroq u boshqa — Gambiya terma jamoasi a’zosi, Italiya «B» seriyasidagi «Salernitana» klubi sharafini himoya qilib kelayotgan Lamin Jallou edi. Ular shunchaki familiyadosh va vatandosh edilar, xolos.

P.S. Suratlarga e’tibor bering: adashtirmaslik mumkin emas...

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring