Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyadagi raketa zavodida portlash yuz berdi

Turkiyadagi raketa zavodida portlash yuz berdi

Turkiya poytaxti Anqara yaqinidagi zavodda portlash va yong‘in sodir bo‘ldi. Besh kishi halok bo‘ldi, vayronalar ostida yana besh kishi qolmoqda, ularni qutqarish ishlari olib borilmoqda.

Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, besh kishi halok bo‘lgan. Voqea joyiga tez yordam va o‘t o‘chiruvchilar yetib borib, yong‘in o‘chirilgan. Jarohatlanganlarning ba’zilari og‘ir ahvolda shifoxonalarga yetkazilgan.

Holat yuzasidan tergov boshlandi, ishchilarning qarindoshlari zavod oldida yig‘ilgan.

Qutqaruvchilar vayronalar ostidan besh kishini olib chiqishga harakat qilmoqda, deb xabar berdi CNN muxbiri.

Zavod shaharning sharqida joylashgan Elmadag‘ tumanida joylashgan. U Turkiya Ichki ishlar vazirligi va Mudofaa vazirligi ehtiyojlari uchun buyurtmalarni bajaradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring