Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

U qo‘rqoqlarcha o‘ldi — Tramp Bag‘dodiy o‘ldirilganini tasdiqladi

U qo‘rqoqlarcha o‘ldi — Tramp Bag‘dodiy o‘ldirilganini tasdiqladi

AQSh prezidenti Donald Tramp IShID rahbari Abu Bakr al Bag‘dodiy o‘ldirilganini rasman tasdiqladi. Bu haqda u maxsus bayonot bilan qilgan chiqishi davomida aytib o‘tgan.

«AQSh «birinchi raqamli terrorchi»ning o‘limida mas’ul. Abu Bakr al Bag‘dodiy o‘ldirildi», — deb aytib o‘tgan Tramp.

U shu bilan birga Bag‘dodiy bilan birgalikda uning maslakdoshlari ham yo‘q qilinganini bildirgan. Al Bag‘dodiy harbiy amaliyot chog‘ida badaniga taqib olgan portlatuvchi moddalar bor kamarni portlatib yuborgan va vafot etgan.

«U yig‘lab qochib borarkan, qo‘rqoqlarcha o‘lim topdi», — dedi Tramp. Xabar qilinishicha, amaliyot davomida amerikalik harbiylar tomonidan birorta yo‘qotish bo‘lmagan va 11 nafar bolalar ozod qilingan.

Bag‘dodiy yo‘q qilingan amaliyotda Iroq harbiylari ham muhim ahamiyat kasb etgani xabar qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring